Maxlumotlarga koʻra, anamnezidan u 2 kun oldin koʻp toʻgʻnogʻich va mix yutganligini bildirgan. Shuningdek, bemor psixiatr nazoratida roʻyxatda turgan. Unda oʻtkazilgan rentgenografiya tekshiruvida oshqozon va 12 barmoqli ichakda koʻp sonli metalsimon yot jismlar, FGDS tekshiruvi orqali oshqozonning pilorik qismida katta egriligida metalsimon koʻp sonli 2X5 sm li metalsimon toʻgʻnogʻich va mixlar borligi aniqlangan.

Bemorda zudlik bilan endoskopik amaliyot oʻtkazilib amaliyot muvoffaqiyatli bajarilgan. Xirurg endoskopist A.Haydarov tomonidan maxsus endoskopik qisqich “Krokodil tishi” va maxsus endoskopik ilgaklar yordamida bosqichma-bosqich 5 dona metalsimon toʻgʻnogʻich va 6 dona mix yot jismlari bemor oshqozoni va 12 barmoqli ichak boʻshligʻidan olib tashlangan.

Hozirda bemorning ahvoli ijobiy tomonga oʻzgarib, oshqozon ichak traktidagi patalogik muammolar bartaraf qilingan.