Xabarda qayd etilishicha, Buxoroda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirishda gumon qilinayotgan masʼul shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Taʼkidlanishicha, Buxoro tumanidagi “Yangi turmush” mahallasida hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan R.A. oʻz mansab mavqeidan foydalangan holda fuqarolarning kredit mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan.
U, jumladan, mahalla fuqarolari – G.J., U.S., B.S. va Sh.Q.larni xabardor qilmasdan, har birining nomiga 33 million soʻmdan, jami 165 million soʻm, 14 foizli imtiyozli kredit mablagʻlarini olishga erishgan.
R.A. goʻyoki boshqa maqsadlarda soxta tavsiyanomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirib, yuqoridagilarga tegishli maʼlumotlarni elektron bazaga kiritish yoʻli bilan ATB “Agrobank” Buxoro tumani filialidan kredit mablagʻlarini olgan va oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.