Yakuniy natijalarga ko'ra, qizlar o'rtasidagi bahslarda 1-o'rin Gulshod Xalilova (Toshkent viloyati, 44 kg.), Gulhayo Jo'raeva (Qashqadaryo viloyati, 48 kg.), Zarnigor Rahmiddinova (Andijon viloyati, 52 kg.), Sitora Elmurodova (Toshkent viloyati, 57 kg.), Malika Qahhorova (Toshkent shahar, 63 kg.), Shahnoza Bozorova (Navoiy viloyati, 70 kg.), Pokiza Kamoliddinovaga (Farg'ona viloyati, +70 kg.) nasib etdi.

Yigitlar bellashuvida esa Xurshid Choriev (Samarqand viloyati, 50 kg.), Ilhom Parmonov (Samarqand viloyati, 55 kg.), Otabev Hasanov (Navoiy viloyati, 60 kg.), Dilshod Bo'riev (Sirdaryo viloyati, 66 kg.), Bunyod Esanov (Navoiy viloyati, 73 kg.), Zufar Aminjonov (Buxoro viloyati, 81 kg.), Arnol`d Normo'minov (Qashqadaryo viloyati, 90 kg.), Rufat Xudakov (Toshkent shahri, +90 kg) birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

O'zbekiston kubogi musobaqalari ham qizg'in bahslarga boy bo'ldi. Unda 1-o'rinni Surxondaryo viloyati, 2-o'rinni Buxoro viloyati va ikkita 3-o'rinni Toshkent shahri hamda Samarqand viloyati jamoalari egalladi.

Barcha g'olib va sovrindorlar medal, diplom, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.