Mazkur holat Buxoro shahar Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan zudlik bilan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, viloyat shifoxonasi hududida o‘sib turgan bir tup tut daraxtining ildiz o’zagi zararkunanda hasharotlar zararlashi hamda markaziy ildiz chirishi sababli Matiz rusumli avtomashina ustiga qulagan.

Hodisa oqibatida avtomashinaga moddiy zarar yetgan, ammo fuqarolar orasida jabrlanganlar yo‘qligi qayd etildi.