Buxoroda oʻz uyida 99 dona patronlarni qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

    Xavfsizlik 24 Noyabr 2020 546

    Buxoro shahar IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan Buxoro shahar Beruniy koʻchasi 16-uyda yashovchi, fuqaro A.Q.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirildi.

    Xonadonda belgilangan tartibdagi ruxsatnomasiz, viloyat IIB Ekspert kriminalistika boʻlimining xulosasiga koʻra oʻq-dorilar turkumiga kiruvchi, 5,6 kalibrli ov miltigʻidan otish uchun moʻljallangan 99 dona patronlarni qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi holati aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

    Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB 1-son IIB tergov guruhi tomonidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati