Buxoroda qiymati 188 mln. soʻmlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

    Voqea-hodisalar 30 May 2025 504

    Shuningdek qoʻlbola usulda tayyorlangan tilla uzuk sotilishining oldi olindi.

    Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari hamda Romitan tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda tegishli hujjatlarsiz zargarlik buyumlarini savdoga chiqarish bilan bogʻliq holat aniqlandi.

    Shuningdek, tadbirda fuqaro M.S. 2 million soʻm evaziga qoʻlbola usulda tayyorlangan tilla uzukni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.

    Bundan tashqari mazkur shaxsga tegishli savdo rastasi koʻzdan kechirilganda, qoʻlbola usulda tayyorlangan 42 dona, ogʻirligi esa, 132 gramm zargarlik buyumlari sotish maqsadida saqlanayotganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, umumiy qiymati 188 mln soʻm deb baholanayotgan zargarlik buyumlari huquqiy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.