баннер
18 Mar 2025
21:23

    Buxoroda saksovul savdogarlari ushlandi

    Viloyatning Romitan tuman boʻlimi inspektorlari hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan Uchqur choʻl hududida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Peshku tumanida yashovchi fuqaro Sh.I. choʻl hududidan tabiiy holatda oʻsgan saksovul oʻsimliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotganligi aniqlangan.

    Holat yuzasidan huquqbuzarga fuqaroga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 375 000 soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 26 250 000 soʻm qoʻllanildi.

    Maʼlumot uchun: Saksovul-choʻlda oʻsuvchi daraxt koʻrinishidagi oʻsimlik. Saksovullarning asosiy xususiyati-sahro tuprogʻini shamollardan pana qilib, eroziya tarqalishini oldini oladi. Bu esa hududlar choʻllashuvini oldini oladi hamda sahro ekosistemasini saqlanib qolishini taʼminlaydi

    Saksovulning tanasi burama shaklga ega boʻlib, yuzasi silliq boʻladi. Daraxtning shox-shabbalari qalin va yashil tusda boʻladi. Oʻsimlik gullaganda pushti va malina rangli gulchalar paydo boʻladi. Koʻrinishidan omonatgina koʻrinsa ham, kuchli tomir tizimi evaziga saksovullar choʻl va toshli yerlarga mustahkam oʻrnashadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech