Buxoroda tabiiy gazga noqonuniy ulangan issiqxona aniqlandi

    Energetika 11 Fevral 2025 684

    Bosh prokuratura tomonidan yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “K.E.S.S.” MCHJ ish yurituvchisi I.M. jamiyatga qarashli issiqxonani tabiiy gaz tarmogʻiga yashirin ravishda ulash orqali foydalanib kelish oqibatida 3,7 mlrd. soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

    Hozirda holat yuzasidan jamiyat ish yurituvchisi I.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.