Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.S.T.“ AJ abonentlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari A.R. YATT A.X.ga tegishli binoda ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligi boʻyicha oʻrganish oʻtkazib, ish boshqaruvchi O.Z.ga bu haqda tuzilgan dalolatnoma boʻyicha 15 mln soʻm zarar hisoblanishini aytib uni aldab, tadbir jarayonida O.Z.dan 14,9 mln soʻm pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.