Buxoroda tungi xayriya poygasi bo'lib o'tadi

    17-sentyabr kuni “Bukhara Night Race” tungi xayriya poygasi bo'lib o'tadi.

    Yugurish musobaqasi 17 sentyabr kuni azim Buxoroning eski shahar hududida quyosh botayotgan mahal boshlanadi. Unda nafaqat katta yoshdagilar, balki bolajonlarimiz ham ishtirok etishlari mumkin.

    Loyihadan tushgan xayriya mablag'lari muzeylarni ko'rish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan kishilar uchun moslashtirishga yo'naltiriladi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati.