Saudiya Arabistonida yashayotgan vatandoshimiz oʻz mablagʻidan 20 dona nogironlar aravachasini xarid qilib, muhtojlarga xayriya yordami sifatida Oʻzbekistonga joʻnatdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Jidda shahridagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasidan maʼlum qilinishicha, xayriya aravachalarini “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi havo qatnovi bilan Jiddadan Toshkentga begʻaraz yordam sifatida joʻnatish masalasi Oʻzbekiston hukumati va mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida hal etilgan.
Nogironlar aravachalari Tashqi ishlar vazirligi nazorati ostida jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga tarqatiladi.