Xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-380 avtomobil yoʻlida haydovchilarning salomatligi hamda hushyorligini oshirish maqsadida avtomobil yoʻlining 432 km.da maxsus jihozlangan konteynerda “Tez tibbiy yordam maskani” tashkil etildi.
Mazkur tez tibbiy yordam maskanida endilikda tibbiyot xodimlari tomonidan doimiy ravishda uzoq choʻl hududida sogʻligi boʻyicha muammolar tugʻilgan haydovchi va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladi.
Xodimlar tomonidan esa har bir avtotransport vositalari, uzoq masofaga qatnovchi yoʻlovchi tashuvchi haydovchilar birma-bir toʻxtatilib ularga charchoqlikni yenguvchi foydali maslahatlar berilib, ogʻir oqibatli YTHlar aks etgan bukletlar tarqatilishi tashkil qilinib, har bir toʻxtatilgan haydovchini kofe ichishga taklif qilgan holda profilaktik tadbirlar olib borilishi tashkillashtirildi.








