Bugun Buxoroda xalqaro an'anaviy Tasviriy va amaliy san'at festivalining tantanali  yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Buxoro  ixtisosdashtirilgan san'at maktab-internatida bo'lib o'tgan tadbirda festival` g'oliblari e'lon qilindi va ularga san'at haftaligi oltin, kumush, bronza medallari hamda viloyat hokimligi homiyligi asosida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Buxoro viloyat bo'limi estalik sovg'alari topshirildi.

Festivalda faol ishtirok etgan va mazmunli  asarlar yaratgan o'quvchilar O'zbekiston Badiiy akademiyasining diplomi va sertifikati, Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo'limi sertifikati bilan taqdirlandilar.
 
Festival` davomida hamkorlik qilgan tashkilotlarga tashakkurnomalar topshirildi