Buxoroda Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali bayramona sayl bilan boshlandi

    Turizm 21 May 2022 1518

    Bugun tongda Buxoro shahrida birinchi Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali anjuman ishtirokchilarining bayramona yurishi bilan boshlandi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Tadbirdan koʻzlangan maqsad – serqirra oʻzbek milliy hunarmandchiligini xalqaro koʻlamda yanada kengroq namoyish etish, uning betakror namunalarini targʻib qilish, mazkur yoʻnalishda ishbilarmonlar oʻrtasida tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

    25-mayga qadar davom etadigan festivalda respublikamizning barcha viloyatlaridan 288 nafar hunarmand ishtirok etmoqda. Ulardan 110 nafari zargar, 37 nafari zardoʻzlik ustasi, 44 nafari kashtachi, 97 nafari hunarmandchilikning boshqa yoʻnalishlari vakillaridir.

    Festivalga dunyoning 58 davlatidan ishtirokchilar tashrif buyurgan. Forum davomida 112 nafar xorijlik hunarmand oʻz mahoratini koʻrgazmali tarzda namoyish etadi.