Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali tashkil etiladi

    Madaniyat 16 Noyabr 2021 2183

    Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra, 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba may oyida Buxoro shahrida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivalini tashkil etiladi.

    Festivalda 30 yoshgacha bo'lgan yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalar (xonanda va sozandalar soni 15 nafardan oshmagan holda) tomonidan 2 ta shart (cholg'u va ashula yo'nalishlari) bo'yicha bajaradi.

    Festival` Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O'zbek milliy maqom san'ati markazi tomonidan tashkil etiladi va o'tkaziladi.

    Festival` g'oliblari 1, 2 va 3-darajali diplomlari, qimmatbaho sovg'alar, shuningdek, homiylar va tegishli tashkilotlarning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.