“Ipak yo'lida” fil`mi xalqaro kinofestivalda g'olib bo'ldi

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo'lida” qisqa metrajli fil`mi joriy yilning 1-11 noyabr` kunlari AQShning Los-Anjeles shahrida o'tkazilgan AWFF-2021 xalqaro kinofestivalida “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli fil`mi” nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldi.

    Mazkur kinokartina “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini «Gran-Pri» hamda «eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritgan.

    Fil`mni suratga olgan ijodiy guruh stsenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroevlardan iborat.

    Kinofestival` 2015 yildan buyon har yili AQShda o'tkazilib kelinadi. Unda Osiyo mintaqasining eng sara fil`mlari ishtirok etadi.