Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida joylashgan “KiaBukhara“ avtosalonini reklamasiga Oʻzbekistonda kamsonli boʻlgan subtropik yovvoyi jonivordan foydalanilgan video tarqaldi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning eʼtiroziga sabab boʻldi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganilmoqda.
Oʻrganish yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.