Buxoro viloyati umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida bugun, 11-yanvar kunidan anʼanaviy tarzda oʻqish boshlangan edi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabariga koʻra, sovuq ob-havo sharoitida koʻpchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha taʼlim muassasalarida oʻqish 16-yanvar kunidan boshlanishi belgilandi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim maskanlari ham oʻz ishini 16-yanvar kunidan boshlaydi.