Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 11:30 gaz quvuri muruvvatlari yopilib, qoldiq gazlarni chiqib ketishi kuzatilmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB, Romitan tumani FVB boshligʻi 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Shu yilning 10-fevral kuni Buxoro viloyatidagi magistral gaz quvurida gaz sizib chiqib chiqishi oqibatida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.