Buni madaniy meros obyektlarini asrash, ularni saqlab qolish, restavratsiya qilish, ulardan foydalanish borasida chiqarilayotgan farmonlar, qabul qilinayotgan qarorlar, tasdiqlanayotgan dasturlarda sezish mumkin.
Soʻngi yillarda, davlat tomonidan ajratilayotgan mablagʻlar bilan birga, tarixiy obidalarimizni asrash va taʼmirlash ishlariga xalqaro tashkilotlarning grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Buxoro shahridagi Rashid madrasasida restavratsiya va konservatsiyaga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 300,0 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari jalb etildi.
Madrasani taʼmirlash va saqlash boʻyicha loyiha “Madaniy meros LITI” loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, 2021-yilning
19-fevral kuni Madaniy meros departamenti ekspertlari, YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari, viloyat madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari, mahalliy usta-restavratorlar va loyiha mualliflari tomonidan obyektning hozirgi holati joyiga chiqib oʻrganildi hamda loyiha hujjatlariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Restavratsiya va konservatsiya ishlari 2022-yilning oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan boʻlib, taʼmirlash-tiklash ishlari yetarli tajribaga ega mahalliy usta-restavratorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Taʼmirlash-tiklash ishlari yakunlangandan soʻng, madrasada “Buxoro shashmaqomi markazi”ni tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati.