Ushbu transport vositasi 2,5 soat davomida toʻliq quvvat olib, 300–350 km masofani bosib oʻtadi.
Xitoyning “Zhongtong Bus so., Ltd” kompaniyasida ishlab chiqarilgan mazkur transportning tashqi va ichki dizayni odatiy avtobuslardan farq qiladi. Imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilgan maxsus oʻrindiqlar alohida rang va belgilar bilan ajratilgan, nogironlar chiqishi uchun zarur koʻtargichlar ham bor. Ichki salon videokuzatuv kamerasi, avtomatik havo namligini saqlash va isitish tizimi bilan jihozlangan. Yoʻlovchilarni tashish umumiy hajmi 80 kishidan iborat.
Elektrobus hozirda tajriba tariqasida sinab koʻrilmoqda. Tashuvchi va yoʻlovchilar fikrlarini inobatga olgan holda, yil oxiriga qadar yana 100 ta shunday ekologik toza transport vositasi olib kelinib, yoʻnalishlarga joylashtirilishi rejalashtirilgan.