Xitoy tomonidan sovgʻa qilingan King Long elektrobuslari Toshkent koʻchalarida xizmat koʻrsatishni boshladi

    Transport 6 Dekabr 2023 969

    Oʻta katta sigʻimli elektrobuslar 6-dekabr kunidan boshlab “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 14-sonli TTZ ASHB — Toshkent vokzali avtobus yoʻnalishida qatnay boshladi.

    Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar beradi

    Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri uchun xarid qilingan 200 dona oʻta katta sigʻimli King Long rusumli avtobuslarga ishlab chiqaruvchi zavod — Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd tomonidan bonus tariqasida qoʻshimcha ravishda 2 dona King Long elektrobusi taqdim etilgan.

    Mazkur oʻta katta sigʻimli elektrobuslar 6-dekabr kunidan boshlab “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 14-sonli TTZ ASHB — Toshkent vokzali avtobus yoʻnalishida xizmat koʻrsatishni boshladi.