Asal Fayziyeva Jondor tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabining 11-sinfida tahsil oladi.

Ayni paytda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan iqtidorli yigit-qizlar qatorida Asal ham har bir daqiqasini unumli sarflab, ilm-fan sirlarini chuqur oʻzlashtirishga, chet tillarini mukammal oʻrganishga intilyapti.

Ana shu intilishlari natijasi oʻlaroq u yaqinda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi imtihonda 8 balli natijani qayd etib, IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Asalning kelajakdagi maqsadi – dunyoning eng nufuzli oliygohlarda taʼlim olib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishdir.