Buxorolik oʻquvchi ilk robotini yaratdi

    Gʻijduvon tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi Sardor Roʻziyev sportning aviamodel turi bilan shugʻullanadi.

    Bolaligidan ixtirochilikka qiziqqan oddiy qishloq bolasi bugungi kunda ustozlari bergan bilim va oila aʼzolarining qoʻllab-quvvatlashi natijasida ushbu yoʻnalishda samarali yutuqlarga erishdi.

    2021-yilda Sirdaryoning Guliston shahrida “Aviamodel” sport turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada ilk marta Respublika chempioni boʻldi. 2022-yil Urganch shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 2-gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Shu yili u Xorazm viloyatida boʻlib oʻtgan respublika ochiq birinchiligida ham faol ishtirok etib, faxrli II oʻrinni egalladi.

    Ayni paytda “ROBOTOTEXNIKA” toʻgaragining faol aʼzosi boʻlgan Sardor ixtirochilik qobiliyati va dasturlash yoʻnalishidagi bilimlariga tayanib, oʻzining ilk robot-mashinasini yaratdi. Endilikda uni programmalashtirish ustida ish olib boryapti.