Joriy yilning 15-noyabrdan 22-noyabrgacha viloyat qo'g'irchoq teatri jamoasi Tojikiston Respublikasiga “Makkora tabib” (“Tabibi xasaki”) spektakli bilan gastrol` safarini uyushtirmoqda.
Teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan “Makkora tabib” spektakli Tojikiston Respublikasida o'sib ulg'ayayotgan bolajonlarga yanada tushunarli va yorqin taassurot qoldirish maqsadida tojik va rus tillarida namoyish etiladi.