Oʻzbekiston — Britaniya hamkorligining, shu jumladan parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek Londonda Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga va mamlakatda boʻlajak Prezident sayloviga bagʻishlangan qator qoʻshma tadbirlar oʻtkazish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar sentyabr oyida Buyuk Britaniya parlamentida Oʻzbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalaridan Britaniya siyosatchilari va jamoat arboblarini xabardor qilish uchun qoʻshma tadbirlar oʻtkazish muhimligini taʼkidladilar.
Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha birgalikda tadbirlar oʻtkazish samaradorligini taʼminlash masalalarida koʻmaklashish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.