Aurora 7 deya atalayotgan ushbu komp`yuter 2-Tbayt qattiq disk va qo'shimcha 2,5 Tbayt SSD, shuningdek, sizning ish stansiyangiz imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun kerak bo'ladigan barcha portlar bilan ta'minlangan.
Qurilma to'rtta 17,3 dyuymli 4K displeyga ega — ikkita portret va ikkita al`bom yo'nalishini o'z ichiga oladi. 1920x1200 piksel o'lchamli yana ikkita etti dyuymli ekran yuqorida, ettinchi qo'shimcha ekran esa klaviatura ostida joylashgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu ekranlar bir-birining ustiga yig'ilishi mumkin, bu esa, qurilmani oddiy noutbuk kabi sumkada olib yurishga imkon beradi.
Ayni paytda Aurora 7 faqat prototip sifatida mavjud. Mazkur komp`yuter ishlab chiqaruvchilar, dasturchilar va tadbirkorlar uchun mo'ljallangan. Boshqa noutbuklardan farqli o'laroq, qurilma qalinligi 4,3 dyuym va og'irligi 12 kilogrammni tashkil qiladi.