Buyuk Britaniyada koronavirusga va grippga qarshi vaksinalarni birlashtirishni taklif qildi

    Dolzarb 18 Avgust 2021 2069

    Fuqarolarni immunizatsiya qilish qulay boʻlishi uchun koronavirus va grippga qarshi vaksinalarni bitta inyeksiyaga birlashtirish mumkin. Vaksina ishlab chiqarish va innovatsiya markazi (VMIC) ijrochi direktori Metyu Dyushars shunday taklif bilan chiqdi deb xabar beradi Daily Mail.

    Doktorning soʻzlarga koʻra, markaz allaqachon dori vositalarini qoʻshish imkoniyatlarini oʻrganishga kirishdi. “Bu koʻp vaqtni tejaydi va bunda bittagina ukol qilish qulayligi bor”, — deb taʼkidlaydi Dyushars. U yana agar odamlarga mavsumiy vaksinaning ikkitadan koʻp ukolini bir martada qilishga toʻgʻri kelsa, unda ularning barchasini bittaga birlashtirish afzalroq boʻlishini taʼkidladi.

    Buyuk Britaniya hukumati bu eksperimentni hali maʼqullagani yoʻq. Gazetada yozilishicha, kelasi kuzda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi COVID-19ga qarshi va grippga qarshi vaksinalarni bir vaqtning oʻzida tananing har joyiga ukol qilishni rejalashtirgan.

    Avval Sharqiy Angliya universitetining Noridj tibbiyot maktabi professori Pol Xanter kelajakda COVID-19 oddiy shamollashning yana bir turiga aylanib qoladi deb eʼlon qilgan. Xanter koronavirusga qarshi kollektiv immunitetini qoʻlga kiritib boʻlmasligini, COVID-19ning belgilari koronavirusning yengil turi bilan kasallanganlarda uchraydigan belgilarga oʻxshab qolishini bashorat qilgan, deb xabar beradi Lenta.ru.