Afgʻonistondagi mavjud vaziyat, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish, ushbu mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash borasida jahon hamjamiyatining saʼy-harakatlarini faollashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
B.Shax Afgʻoniston boʻyicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyani shakllantirishda Oʻzbekistonning muhim roli, mintaqa davlatlariga terrorizm tahdidlarining kirib kelishining oldini olish borasida mamlakatimiz saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.