Uchrashuv davomida jamg‘arma tomonidan mazkur universitetda ta’lim olayotgan stipendiatlarga o‘qish jarayonlarida yaqindan yordam berish, ularni o‘qish xarajatlaridan chegirmalar ajratish shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Uorvik universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan ikki tomonlama memorandum imzolash bo‘yicha taklif kiritildi.
Shu bilan birga, vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini ushbu universitetda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka o‘tishini tashkil qilish hamda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga universitet professor-o‘qituvchilarini jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Tashabbus va takliflar professor Toni Liddikout tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi memorandum imzolashga kelishib olindi.
University of Warwick 1965 yilda tashkil etilgan. Britaniyaning eng nufuzli top-20 ta universitetlari ro‘yxatida (Russell Group a’zosi). Akademik ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha Oksford va Kembrijdan keyin dunyoda 3-o‘rinda turadi. “QS World University Rankings” xalqaro reytingida dunyoning 61 o‘rinni egallagan. Mazkur universitetda 29,534 nafar talaba tahsil oladi. Universitet 2020 – 2021 yillardagi daromadi 703,7 million funt sterlingni tashkil etgan.