10-dekabrda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda jinoyatga undalgan shaxs Guliston shahrida joylashgan qabriston yaqinida buyurtma etilgan tadbirkorni qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va bosh qismi grim qilingan “jasadi” va uni “vafot etgani” sunʼiy ravishda yaratilgan foto suratini koʻrsatgach, buyurtmachi tadbirkor Mirzaobod tumani Bogʻiston mahallasi hududida unga 4 000 dollarni bergan vaqtida qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan buyurtma bergan shaxsga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.