Chang tahlili uchun namunalar poytaxtimizning Olmazor tumani "Beruniy" metro bekati va Mirzo Ulug'bek tumanining "Akadem shaharchasi" hududlaridan SmartSEM dasturiy ta'minot yordamida 100 mkm dan 1 mkm gacha bo'lgan turli masshtablarda olindi.

Namunalar SEM - EVO MA 10 (Zeiss, Germaniya), Panalytical Empyrean rentgen difraktometri, Agilent 7890B gaz xromatografi kabi qurilmalarda tahlil qilindi. Uskunalar ishi Data Collector dasturi yordamida nazorat qilindi.

Natijalar shuni ko'rsatadiki, chang hajmi 5 mikrongacha bo'lib, bu kattalikdagi chang zarralari ancha zararsizdir.

2021-yil 5-noyabrdagi chang namunalarida 42 turdagi pestitsidlar mavjudligi gaz xromatografiyasi yordamida tahlil qilinganda namunalarda pestitsidlar mavjud emasligi aniqlandi. Tahlil ma'lumotlari chang tarkibida tuz ham me'yorda ekanligini ko'rsatdi. Chang namunalarida rN o'lchovi chang eriganida ishqoriy xususiyatlarini ko'rsatdi.

Namunalar tahlili ular tabiatiga ko'ra standart chang ekanligini ko'rsatdi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati. 
Chang tarkibida og'ir metallar, tuzlar, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas.