Chavandozlarimiz xalqaro turnirda sovrindor boʻldi

    Sport 24 Fevral 2025 1210

    BAAning Sharja shahrida ot sportining konkur yoʻnalishida CSI5*-W va CSI2* xalqaro musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

    Ushbu musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari, jumladan, Abdurahmon Abdullayev “Chikarito”, “Kaliyana 6 “ va “Go Four It B”, Feruz Abdullayev “Kanlouba”, Oʻzbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gʻoziyev “Ledy”, Bekzod Qurbonov esa “Santos Hippica” va “ Matts V.G “ oti bilan ishtirok etmoqda.

    Quvonarlisi, musobaqasida Abdurahmon Abdullayev “Go Four It B“ laqabli otida 140 sm. balandlikka sakrab, ikkinchi oʻrinni egalladi. Ushbu nufuzli turnirning 145 sm. balandlikda oʻtgan bahslarda da Bekzod Qurbonov “Santos Hippica” laqabli otida bronza medalini qoʻlga kiritdi.