Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish xodimlari oldindan olgan tezkor maʼlumotga asosan, yurtimizga oʻtish uchun “S.Najimov” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “HYUNDAI GRAND STAREX” rusumli boʻlgan avtotransport vositasiga ortilgan “kuryerlik joʻnatmalari” xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan, yoʻl yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan tovarlar orasiga yashirilgan, qiymati salkam 3 mlrd soʻmlik jami 104 komplekt tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi. Hozir holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tarqatgan xabarda

Maʼlumot uchun eslatib oʻtish joiz: jismoniy shaxslar xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida 1 chorakda 1000 AQSH dollari qiymatidagi tovarlarni bojsiz qabul qilib olishi mumkin.