7 ta jamoa ishtirok etgan turnir finalida mamlakat chegara qoʻshinlari hamda Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻlimi oʻzaro kuch sinashdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyinda chegara qoʻshinlari jamoasi 6:3 hisobida raqiblaridan ustun kelib, koʻchma “Prezident kubogi”ni qoʻlga kiritdi.
Musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan chavandozlar kubok, diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, poloning tarixiy vatani Buyuk Britaniya hisoblanadi.
Ot sporti turlari, jumladan, uloq-koʻpkari yurtimizda qadimdan mavjud boʻlsada, zamonaviy sport turi sifatida ot polosi nisbatan yaqin-yaqindan rivojlana boshladi.
2018-yilda Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida polo oʻynash uchun eng qulay boʻlgan polo-poni va qorabayir otlarini koʻpaytirish va yetishtirish boʻyicha yangi zamonaviy majmualar ochildi. 2020-yilda Oʻzbekistonda Ot polo federatsiyasi tashkil etildi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2021-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bilan mamlakatimizda ot polosi sportini ommalashtirish vazifalari belgilab berildi.