Chegara yonidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun Turkmaniston delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

    Xalqaro hamkorlik 22 Sentabr 2021 1006

    22-sentyabrda Turkmaniston-Oʻzbekiston chegara yonidagi hamkorligini muhokama qilish uchun Lebap viloyati delegatsiyasi Oʻzbekistonning Buxoro viloyatiga yoʻl oladi.

    Dashoguz vakillari esa Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti tegishli farmoyishni imzoladi, deb xabar beradi Turkmenportal.

    Hujjatni imzolay turib, davlat rahbari ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqaning rivojlanishi davlatlaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlaridan biri sanalishiga, hamda butun hududdagi oʻzaro ikki tomonlama manfaatli hamkorlik surʼatini oshirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligiga eʼtibor qaratdi.