Chegaradan ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi buyumlarni olib oʻtmoqchi boʻlganlar ushlandi

    Xavfsizlik 29 Oktabr 2021 623

    Tarkibida ozon yemiruvchi moddalar boʻlgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan shaxslar chegaradan 2,7 mlrd. soʻmlik buyumlarni olib oʻtmoqchi boʻlgan.

    Hujjatlarga koʻra, ular olib oʻtayotgan yuk avtotransport vositasiga qiymati 21 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi salkam 21,7 tonna ogʻirlikdagi tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan 3 turdagi 1290 dona freon gaz ballonlari ortilgan edi.

    Ammo, tovarlarni koʻzdan kechirish jarayonida mazkur freonlarning qadoqlaridagi 22 raqami qoʻlbola tarzda yopishqoq yorliqlar koʻmagida 134 raqamiga oʻzgartirilgani fosh boʻldi.

    Yaʼni, “Xlordiftormetan R22” moddasini hujjatlarda goʻyoki “Tetraftoretan 134a” tarzida koʻrsatish orqali yuk egalari ushbu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz olib kirmoqchi boʻlishgan.

    Hozirda qiymati 2,7 mlrd. soʻmlik 1290 dona freon gaz ballonlari vaqtinchalik saqlovga olingan. Mazkur holatlar yuzasidan esa bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.