“Oʻzbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan respublika boʻylab aholini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilyapti.

Jumladan, kompaniyaning Qashqadaryo filiali mutaxassislari tomonidan 2022-yilda viloyatning Kasbi tumaniga qarashli bir qancha olis hududlarga, xususan, Novqat, Fazli, Pondiron, Oqtepa, Denov va Nazartepa qishloqlariga 22 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa kabellari tortib borildi.

Shuningdek, joriy yil boshidan ayni paytga qadar viloyat boʻylab aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi 201 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.