Klub egasi Abramovich o'ziga nisbatan sanktsiya e'lon qilinib qolishidan xavotirga tushib, “CHelsi”ni 4 milliard funtga sotishga qaror qildi. U klubning 1,51 milliard funt qarzidan voz kechmoqchi.
— Qarzlarni qaytarishni talab qilmayman. Men uchun bu doim biznes yoki pul emas, balki klubga va o'yinga bo'lgan ishtiyoq bo'lgan”, — dedi biznesmen o'z bayonotida.
Dastlabki xabarlarga qaraganda, “Chelsi”ni AQShda yashovchi щveytsariyalik milliarder Xansyorg Viss sotib olishi mumkin. Forbes bergan ma'lumotga qaraganda, uning boyligi 5,1 milliard dollarga teng. Viss shunday taklif kelib tushganini, lekin sotib olish masalasini o'ylab ko'rishini bildiridi.