Bu haqda Bilimni baholash agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, test sinovining yozma qismi — 19–20-oktyabr kunlari, gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari — 21-oktyabrdan 5-noyabrga qadar boʻlib oʻtadi (dam olish kunlaridan tashqari).
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari soʻraladi.
Test sinovi oʻtkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):