Ammo pedagoglar va jamoatchilik vakillarining murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilib, ushbu qaror 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab kuchga kirishi belgilangan.
Ushbu talab barcha umumiy-oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barcha xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir necha marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tushuntirish ishlari ham olib borilgan.








