Chet el kompaniyalarini ishlab chiqarishini o‘zimizda tashkil etishga rag‘batlantirish zarurligi qayd etildi. Masalan, Turkiyaning “World Medicine” kompaniyasi Toshkent farmatsevtika parkida antibiotik, virusga qarshi va yurak-qon tomir preparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik loyihani amalga oshirmoqda. 

Bugungi kunda import qilinayotgan dori vositalarining yarmini 3 ta yirik korxona olib kelmoqda. Ushbu korxonalar 40 dan ziyod yirik xorijiy kompaniyalar mahsulotini O‘zbekistonga import qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega. 

Prezidentimiz mazkur korxonalarni o‘ziga ijtimoiy mas’uliyat olib, brendli dorilarni xorijiy hamkorlarini jalb etgan holda o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hammaga namuna bo‘lishga chaqirdi. 

Buni rag‘batlantirish uchun brendlarni olib kelishda hamkorlarga to‘lanayotgan brend nomidan foydalanganlik uchun to‘lov – royaltidan soliq 20 foizdan 5 foizga tushiriladi.