Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4,06 mln nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Ularning mamlakatlar boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1 913,6 ming nafar;
Tojikiston – 797,6 ming nafar;
Qozogʻiston – 640,2 ming nafar;
Rossiya – 194,7 ming nafar;
Turkiya – 157,7 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;
BAA – 81,4 ming nafar;
Misr – 27,7 ming nafar;
Quvayt – 16,7 ming nafar;
Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;
Boshqa davlatlarga – 112,1 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda ketgan.