Pul evaziga xorijlik sayyohni VIP klassga oʻtkazib qoʻygan “Afrosiyob” poyezdi xodimi ishdan olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonga kelgan xorijlik sayyoh poyezdda ekonom klassdan Vip klassga joyini oʻzgaritirish uchun poyezd boshligʻiga 15 AQSH dollari berganligi haqida xabarlar tarqaldi.

    Xabarda aytilishicha, turist poyezd kuzatuvchilari( provodnik) oldiga borib, 10 AQSH dollariga sotib olgan chiptasini 15 AQSH dollari berib, Vip klassga almashtirgan.

    Holat yuzasidan Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi AJ matbuot xizmati munosabat bildirdi.

    Ushbu hodisa 2023-yilning 6-iyul kunida boʻlib oʻtgan, 10-iyul kuni poyezd boshligʻi mazkur holat boʻyicha lavozimidan ozod etilgan.

    Vagon kuzatuvchilari styuardlarga bu kabi hodisalar qaytarilmasligi boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

    — Hozirgi kunda Afrosiyob elektropoyezdlarining barchasida ishchi guruh tomonidan tekshiruv amalga oshirilmoqda. Bu kabi holatlar qaytarilmasligi uchun nazorat oʻrnatilgan. Sizlardan eski maʼlumotlarni tarqatmasligingizni soʻraymiz", — deyiladi munosabatda.