Migratsiya agentligi tomonidan kasbiy taʼlim muassasalari va Kasbiy koʻnikmalar markazlarida (monomarkazlar) faoliyat yuritayotgan chet tili oʻqituvchilarining, oʻquvchilari orasida ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni soʻralmoqda.
Qayd etilisha, bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy yil 25-fevralga qadar havola orqali roʻyxatdan oʻtib, oʻqituvchi va oʻquvchilar haqida Migratsiya agentligiga bildirish soʻralgan.
Maʼlumotlarga koʻra, xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilari soniga qarab chet tili oʻqituvchilari reytingi tuziladi va 50 nafar murabbiyga 50 million soʻm miqdorida bir martalik subsidiya toʻlanadi.