Oʻzbekistonda 11-iyuldan IELTS imtihonini qogʻozda topshirish toʻxtatiladi

    Mamlakatimizda 8 Iyul 2025 1376

    Bu haqda IDP test markazi maʼlum qildi.

    Unga koʻra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qogʻoz (paper-based) imtihonlar rejadagidek oʻtkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin boʻladi.

    “British Council” esa hozircha bu haqda eʼlon qilmagan. Biroq unda ham qogʻoz variantdagi imtihon uchun roʻyxatdan oʻtish yopib qoʻyilgan.

    Avvalroq Oʻzbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar toʻplami “tarqalib ketgani“ va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.