Chilidagi o'rmon yong'inlari oqibatida 13 kishi halok bo'ldi

    Chili janubidagi o'rmon yong'inlari oqibatida 13 kishi halok bo'ldi.

    “Biobio, Nyuble va La-Araukaniya hududida sodir bo'lgan o'rmon yong'inlari oqibatida jami 13 kishi halok bo'ldi”, deyiladi xabarda.

    Xususan, Galvarino qishlog'ida tabiiy ofatga qarshi kurashda qatnashgan vertolyot uchuvchisi va mexaniki halok bo'ldi. 37 yoshli o't o'chiruvchi ham hodisa qurboni bo'ldi. Bundan tashqari, odamlar avtomashinalarda alangadan uzoqlashmoqchi bo'lib, yo'l-transport hodisasiga uchrab halok bo'ldi, deb xabar beradi mir24.tv.