Chilonzor tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, tuman hududida faoliyat yurituvchi “F.Z.”, “N.Gʻ”, “G.F.” va “O.F.” MCHJlarga qarashli dorixonalarda tegishli hujjatlari boʻlmagan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari noqonuniy ravishda sotilayotganligi aniqlanib, ushbu dorixonalardan jami 435 dona “Zardeks”, “Regapen”, “Selofen” va “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.