Bugun soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasidagi avtomobil koʻprigi ustida, “LACETTI” rusumli avtomobil yoʻlning qarama-qarshi qismiga oʻtib ketib, qarshisidan kelayotgan “IVECO” rusumli maxsus evakuator bilan toʻqnashgan.
Natijada “LACETTI” avtomashinasining 22 yoshli haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Aniqlanishicha, yoʻl transport hodisasi “LACETTI” avtomashinasi haydovchisining ehtiyotsizlik tufayli boshqaruvni yoʻqotganligi tufayli kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.