Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib hushsiz holda yotgan AYOQSH xodimlarini xavfli hududdan olib chiqishib birinchi yordam koʻrsatishgan, shuningdek ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirlgan.
Ayni vaqtda Toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya boʻlimiga joylashtirilgan.
Voqea sababi oʻrganilganda, AYOQSH hududi yer ostiga koʻmilgan 3 dona, har biri katta sigʻimli benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan sisternalar orasida yigʻilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentratsiyasidan hushlarini yoʻqotganligi aniqlandi.
Voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshligʻi rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman Prokuratura, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.